Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi favqulodda va muxtor elchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Isroildagi favqulodda va muxtor elchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida rektor O‘.Umurzoqov hamda O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi F.Mahmudova o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIQXMMI matbuot xizmati xabar berdi.

Ijodiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hamda Isroilning barqaror iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti rejalariga mos keluvchi dolzarb masalalar bo‘yicha har ikki mamlakatdagi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Jumladan, mamlakatlarning tabiiy-xo‘jalik sharoitlari va iqtisodiy rivojlanish dasturlaridagi o‘ziga xos o‘xshashliklar va manfaatlardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim va innovatsiyalar, suv xo‘jaligi hamda agrosanoat majmualarini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi muammolar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga asos bo‘luvchi omillar va zaruriy sharoitlarni nazarda tutgan holda mazkur yo‘nalishdagi harakatlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda tomonlarning vazifalari belgilab olindi.

Soha oliy ta’limi, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashni nazarda tutgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshlang‘ich yo‘nalishlari sifatida «Qishloq xo‘jaligida suv tejamkor va aqlli texnologiyalarni rivojlantirish», «Tabiiy va oqava suvlari sifatini yaxshilash texnologiyalarini takomillashtirish» hamda «Qishloq va suv xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish» kabi yo‘nalishlar tanlandi.

Dastlabki bosqichda faoliyatlarni qo‘shma vebinarlar tashkil etish, hamkorlikdagi o‘quv va ilmiy dasturlarni hamda qo‘shma ilmiy loyiha-takliflarini ishlab chiqishdan boshlash bo‘yicha kelishib olindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Isroil mamlakatlari vakillarining o‘zaro manfaatli hamkorligi barqaror bo‘lishiga ishonch bilan qaramoqdalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring