Magistraturaga kirish imtihonlari sanasi ma’lum bo‘ldi

Magistratura bosqichiga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qaroriga muvofiq:
- 2020-2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari 2020-yil 8-20-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi. Imtihonlarda to‘liq karantin qoidalariga amal qilish belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas