Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi
![Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi](https://xabar.uz/static/crop/3/8/920__95_3867533727.jpeg)
Magistratura imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat’iy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 2021-yil 9-noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.
To‘lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021-yil 20- noyabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qarori ()ga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt miqdori bir talabaning o‘qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter