Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi

Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi

Foto: Xabar.uz

Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi

Hukumatning 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27 dekabr — shanba kunidan) boshlanadi. 

Ta’til 2026 yil 10 yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 

2026 yil 11 yanvar yakshanba dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026 yil 12 yanvardan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kuzgi ta’til 10 noyabr kuni nihoyasiga yetgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring