Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda yangi o‘quv yili qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

Maktablarda yangi o‘quv yili qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Yangi o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi xabar berdi. 

2023-yil 22-dekabrda «2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.

«Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentyabr kunidan boshlanishini ma’lum qilamiz», deyiladi vazirlik xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring