Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘quvchining kaltaklanishi ortidan 5 kishi ishdan ketdi

O‘quvchining kaltaklanishi ortidan 5 kishi ishdan ketdi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumani 4-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Yu.Sh ning 9-B-sinf o‘quvchisi X.I.ni kaltaklangan videolavha viloyat xalq ta’lim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Aniqlanishicha, voqea shu yil 27 aprelda sodir bo‘lgan. Shu kuni maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Yu.Sh. dars jadvali asosida 9-B-sinf o‘quvchilariga dars mashg‘ulotlarini o‘tgan. Dars mashg‘uloti davomida 9-B-sinf rahbari E.J. sinfxonaga kirib kelib, 9-B-sinf o‘quvchilarining o‘zaro janjalini ijtimoiy tarmoqqa kim tarqatganini muhokama qilgan.

9-B-sinf o‘quvchisi X.I. 9-B-sinf rahbari E.J. va Ingliz tili o‘qituvchisi Yu.Sh.ga gap qaytargani uchun Yu.Sh jahl ustida X.I.ni kaltaklagan. Ushbu holat 9-B-sinf o‘quvchilari tomonidan videotasvirga olingan va 15 may kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Ushbu masala bo‘yicha tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi va tuman xalq ta’lim bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan maktabda o‘rganish o‘tkazilgan. Ushbu maktabning 9-a sinfi o‘quvchilari bilan tengdoshi X.I. haqida fikr so‘ralganda ushbu sinf o‘quvchilari tomonidan 9-B sinfdagi ayrim o‘quvchilar maktabda «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilmasligi hamda tengdoshlari bilan turli janjalli holatlar bir necha marotaba kuzatilganini bildirgan. Aynan ushbu o‘quvchilarning ota-onalariga farzandlarining xulqi va darsga tayyorlanmasdan kelishi yuzasidan alohida ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar berib borilgan.

Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini hamda pedagog xodimlarning odob-axloq qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilishini yetarli ravishda nazorat qilmagani uchun Bandixon tumani 4-maktab direktori X.B. ishdan ketishga ariza yozgan.

Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.S., o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari N.A. va Ingliz tili fani o‘qituvchisi Yu.Sh. va 9-B-sinf rahbari E.J. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Yuqoridagi holatni boshqa ta’lim muassasalarida takrorlanmasligi yuzasidan Bandixon tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring