Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston kutubxonalarida 43,5 mln nusxa kitoblar saqlanadi: eng katta kutubxonalar qaysi hududda?

O‘zbekiston kutubxonalarida 43,5 mln nusxa kitoblar saqlanadi: eng katta kutubxonalar qaysi hududda?

O‘zbekistonda 13,1 mingta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng ko‘pi Samarqandda – 1,5 mingta, Qashqadaryoda – 1,4 mingta, shuningdek, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining har birida 11 mingtadan joylashgan.

Iqtisoiy tadqiqotlar va islohotlar markazining «Iqtisodiy sharh»ida ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda kutubxona xodimlari 21,7 ming kishini tashkil etadi, shundan 18,2 ming nafari ayollardir. Xodimlarning eng ko‘p soni mos ravishda Samarqand shahrida – 2,2 ming, Farg‘ona viloyatida – 21 ming va Qashqadaryo viloyatida – 2,07 ming nafarni tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent shahrida 1,9 mingta xodim ishlaydi.

Tahlillar kutubxona xodimlari orasida ayollar ulushi yuqori (83,7 foiz) ekanini, shuningdek, xodimlarning hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanganini aniqladi.

Mamlakatning umumiy kutubxona fondi 43,5 mln nusxani tashkil etadi. Eng katta fond Toshkent shahrida – 14,3 mln va Andijon viloyatida – 6,1 mln nusxada jamlangan. Yana ikkita viloyatda – Buxoro va Namanganda bu ko‘rsatkich 3 mln nusxadan oshdi.

2023 yilda kutubxonalar fondidan berilgan kitoblar soni 72,2 mln donaga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri – 21,5 mln kitob, Andijon viloyati – 8,7 mln va Samarqand viloyati – 7,3 mln kitob bilan yetakchilik qilmoqda. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, kutubxona foydalanuvchilariga 50,1 mln dona kitob berilgan. Ularning eng ko‘pi Toshkentda – 111 mln, Andijon viloyatida – 7,5 mln, Farg‘ona viloyatida – 5,5 mln va Buxoro viloyatida – 3,5 mln dona berilgan.

Axborot-kutubxona sohasida aniq foydalanuvchilar (bir yoki bir necha marta kitob oluvchilar) soni 2023 yilda 11,35 mln kishini tashkil etdi. Eng ko‘p foydalanuvchilar Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida (har birida 11 mln kishidan), Toshkent shaxrida (qariyb 1 mln kishi) qayd etilgan. Shuningdek, boshqa bir qator hududlarda ham foydalanuvchilar soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan: Andijon, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining har birida 900 ming nafardan foydalanuvchi.

AOKA ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kutubxona foydalanuvchilarining yosh tarkibi quyidagicha:

14 yoshgacha bo‘lgan bolalar deyarli 3,6 mln nafarni tashkil qiladi. Eng ko‘l foydalanuvchipar Tashkent viloyatida – 437,6 ming, Namangan viloyatida 421,1 ming va Andijon viloyatida – 317,3 ming nafar qayd etilgan.

Kutubxona foydalanuvchilarining eng ko‘p toifasini 15-24 yoshdagi yoshlar tashkil etadi, ularning umumiy soni 6,2 mln kishiga yetadi. Eng ko‘p yosh kitobxonlar esa Samarqand viloyatida – 704,6 ming nafar, Toshkent shahrida – 588 ming nafar, shuningdek, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarining har birida 530 mingdan ziyod jamlangan.

25 va undan katta yoshdagi kitobxonlar 2,9 mln kishini tashkil qiladi. Katta yoshdagi kitobxonlarning eng ko‘pi Namangan viloyatida (qariyb 440 ming nafar) istiqomat qiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring