Özbekiston va Iordaniya universitetlari rektorlarining birinçi forumi ötkaziladi
17–18 noyabr kunlari Toşkentda Özbekiston va Iordaniya oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining birinçi forumi bölib ötadi. Unda 35 dan ortiq oliygoh vakillari qatnaşişi kutilmoqda.
Bu haqda Taʼlim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.
Forum «Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetida taşkil etiladi.
Tadbirda Iordaniyaning 16 ta universiteti rektorlari hamda Özbekistonning 19 ta yetakçi oliy taʼlim muassasasi vakillari iştirok etişi kutilmoqda.
Anjumanda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, muhandislik taʼlimi va sanoat integratsiyasi, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, yaşil texnologiyalar, suv resurslarini samarali boşqariş, tibbiy taʼlim va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Şuningdek, ikki mamlakat universitetlari örtasida qöşma taʼlim dasturlarini taşkil etiş, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş va akademik almaşinuvni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.
Forum doirasida oliy taʼlim muassasalari örtasida töğridan-töğri hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş hamda qöşma taʼlim va ilmiy loyihalarni yölga qöyiş rejalaştirilgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter