Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni so‘nggi yillarda keskin ortdi

O‘zbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni so‘nggi yillarda keskin ortdi

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 40 yosh va undan katta talabalar soni 53 483 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2010/2011-o‘quv yili boshida ushbu ko‘rsatkich 616 nafar bo‘lgan. Shu davrda 40 yoshdan katta talabalar soni 52 867 nafarga ko‘paygan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2010/2011-o‘quv yilidagi ko‘rsatkichga nisbatan 2025/2026-o‘quv yilida bunday talabalar soni qariyb 87 barobar ko‘p bo‘lgan.

2015/2016-o‘quv yilida 40 yosh va undan katta talabalar soni 170 nafarni tashkil etgan. 2016/2017-yilda bu ko‘rsatkich 174 nafar bo‘lgan.

2017/2018-o‘quv yilida ularning soni 2 142 nafarga yetgan. Keyingi ikki o‘quv yilida ham o‘sish davom etib, 2018/2019-yilda 7 004 nafar, 2019/2020-yilda 9 751 nafarni tashkil qilgan.

2020/2021-o‘quv yilida 10 110 nafar, 2021/2022-yilda 10 531 nafar talaba 40 yosh va undan katta bo‘lgan.

2022/2023-o‘quv yilida 40 yosh va undan katta talabalar soni 20 247 nafarga yetgan. Bir yildan keyin bu ko‘rsatkich 36 113 nafarni tashkil qilgan.

2024/2025-o‘quv yilida 44 022 nafar talaba ushbu yosh toifasiga kirgan. 2025/2026-o‘quv yilida esa ularning soni yana 9 461 nafarga ko‘payib, 53 483 nafarga yetgan.

Shu tariqa, so‘nggi uch o‘quv yilida 40 yosh va undan katta talabalar soni 20 247 nafardan 53 483 nafargacha o‘sgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring