Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 O‘zbekistonda ikkita yangi OTM ochilishi kutilyapti

 O‘zbekistonda ikkita yangi OTM ochilishi kutilyapti

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari soni ikkitaga ko‘payishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining muhokamaga qo‘yilgan tegishli qarorlari bunga dalolat beradi.

Urganch shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Urganch  Ranch texnologiya instituti tashkil etiladi. Hujjatga ko‘ra, institut mashinasozlik sohasi va respublika iqtisodiyoti real sektori tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnika va unga turdosh sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Ta’lim muassasasi har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 5 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi.

Shuningdek, Hukumatning yana bir tegishli qarori loyihasi bilan tadbirkorlik, boshqaruv va shu kabi boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni ko‘zda tutuvchi TEAM universiteti tashkil etilishi mumkin. Unga ko‘ra, universitet Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi filiali bilan faoliyatini boshlaydi.

Har ikkala oliygoh ham ta’lim faoliyatini 2020/2021-o‘quv yilidan boshlashi belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring