Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Norvegiyaning Oslo shahrida 6-16 iyul kunlari o‘tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etdi.

Dunyoning 106 ta davlatidan 600 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Bronza medali uchun o‘quvchiga 60 mln. so‘m, uning o‘qituvchisiga esa 45 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring