Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zMUda Erkin Vohidov stipendiyasi joriy etiladi

O‘zMUda Erkin Vohidov stipendiyasi joriy etiladi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan onlayn ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. O‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

Onlayn muloqotda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avazjon Marahimov, Anqaradagi Hoji bayram universiteti professori Vali Savashbey Yilok, shoir, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar- Hamidulla Boltaboyev, Nasimxon Rahmonov,  Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi maktab internat direktori Nigora Mannopova va yosh ijodkorlar shoir ijodining o‘ziga xos xususiyatlari  haqida fikr-mulohaza bildirishdi.

O‘zMUda yaqin kunlarda Erkin Vohidov nomli ilmiy-ma’rifiy markaz ish boshlaydi.

Rektor Erkin Vohidov nomidagi maktab-internatida tahsil olayotgan o‘quvchilarning Milliy universitetda tahsil olishlari uchun imtiyozlar qilinishi, ular uchun universitet tomonidan maxsus stipendiyalar joriy etilishini bildirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring