Respublika miqyosida “Umummilliy so‘rovnoma” o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi Farmoniga muvofiq ta’lim sohasida “Umummilliy so‘rovnoma” o‘tkazilmoqda.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida Respublika miqyosida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida onlayn va oflayn shaklda so‘rovnoma tashkil etildi.

Mazkur so‘rovnoma ta’lim jarayoni sifati, o‘qitish metodikasi, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati, o‘quv-metodik ta’minot, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish darajasi, baholash tizimi hamda oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha fikr va takliflarni o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnoma ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilib, unda universitetlarning barcha fakultet va yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘lishyapti.

Umummilliy so‘rovnoma ta’lim tizimida talabalar fikrini ustuvor mezon sifatida e’tirof etish, ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borishga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter