Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobsiz qolgan Sharofning sharofati bilan boshqa o‘quvchilar ham darslikka ega bo‘ldi

Kitobsiz qolgan Sharofning sharofati bilan boshqa o‘quvchilar ham darslikka ega bo‘ldi

Kecha saytimiz orqali «Boysun tabiati. Kitob yetmay qolgan Sharof qayerda qo‘y boqyapti?» sarlavhasi ostida maqola chop etilgan edi. Reportajda Boysun tabiati bilan birga 5-sinf o‘quvchisi Sharof Shoniyozovga kitob yetmay qolgani va dars tayyorlashda qiyinchiliklarga uchrayotgani yoritilgan.

Maqoladan so‘ng Surxondaryo viloyati hokim o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev hamda Boysun tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari darhol «Xabar.uz» bilan aloqaga chiqdi va kitob yetkazib berishda chora-tadbirlar ko‘rilishi va’da qilindi. Bugun xabar qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha muammo bartaraf etilgan. Sharof Shoniyozov bilan birga yana uch sinfdoshi to‘liq darsliklar bilan ta’minlandi.

Boysun tuman xalq ta’limi bo‘limi kelgusida shunga o‘xshash holatlar takrorlanmasligi uchun hozirdan ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring