Sobiq mer universitetga 1,8 mlrd. dollar xayriya qildi
Amerikalik tadbirkor, saxovatpesha inson, Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg o‘zi tahsil olgan Jons Hopkins universitetiga 1,8 milliard dollar xayriya qildi. Bu haqda uning o‘zi «Tvitter»da yozdi.
I’m giving $1.8 billion to @JohnsHopkins for financial aid so admissions can be permanently need blind. I want to open the same door of opportunity that I had for generations of talented students, regardless of financial circumstances. https://t.co/zgyD7jDGfI
— Mike Bloomberg (@MikeBloomberg) 18 noyabrya 2018 g.
U o‘z sa’y-harakatini shunday izohladi — AQShdagi aksariyat o‘quv muassasalarining qabul komissiyalari abituriyentning bilim qobiliyatiga emas, ko‘proq to‘lov qobiliyatiga e’tibor berishadi, oqibatda ko‘plab iste’dod egalari uchun universitetga kirish orzusi armon bo‘lib qolmoqda.
— Men moliyaviy ahvolidan qat’i nazar iste’dodli talabalar uchun o‘zim ega bo‘lgan imkoniyat eshigini ochmoqchiman, — deyiladi xabarda.
Maykl Blumberg yoshligida yiqqan pullari va tabalar uchun kredit tizimi evaziga talaba bo‘lgan ekan. Endi esa taqdim etgan xayriya pullari bilan universitet o‘z talabalariga ko‘proq moliyaviy ko‘mak berishiga umid bildirmoqda.
Blumberg — AQShning eng boy kishilaridan biri. 2002—2013-yillarda Nyu-Yorkni boshqardi. 2014-yildan — BMTning shaharlar va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha maxsus elchisi.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, 76 yoshli bu inson yana katta siyosatga qaytishi mumkin ekan. Blumberg intervyularining birida aytishicha, 2020-yilgi AQSh prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yish masalasini ham ko‘rib chiqyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter