Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xalqaro an’anaviy GI 2021 konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Toshkentda xalqaro an’anaviy GI 2021 konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Foto: Institut matbuot xizmati

«Geoaxborot tizim va texnologiyalari orqali barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» mavzuidagi konferensiya bugungi kundagi dolzarb muammolardan biriga qaratildi. Uch kunga mo‘ljallangan ushbu anjuman 27-29-yanvar kunlari sohaga doir muammolarni yoritish va yechimiga doir mulohazalarni bildirish bilan ajralib turadi. U yarim onlayn va oflayn tarzda davom etmoqda. Bu haqda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar berdi.

GI 2021 konferensiyasi Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida TIQXMMI va Obuda Universitetining (Vengriya) Alba Regia texnika fakulteti tashkilotchi sifatida birgalikda tashkil etishdi.

Konferensiyani Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, TIQXMMI rektori, professor O‘ktam Umurzoqov olib bordi.

Ushbu anjumanning asosiy vazifalari ijtimoiy-ekologik tizimlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan olimlarni tarmoqlararo geofazofiy doktorantura va ilmiy tadqiqotlariga yo‘naltirish, shuningdek, Geoinformatika sohasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va doktorantlarning xalqaro miqyosdagi jamiyatlarga jalb etilishini kengaytirish, OTM va ITMlarning xalqarolashuvini kuchaytirishdan iborat.

Foto: Institut matbuot xizmati

2021 yilda GI konferensiyasi «Geoaxborot tizim va texnologiyalari orqali barqaror  rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» mavzusiga qaratilgan. Geografik axborot fani nazariy asos sifatida, Geoinformatika metodologiya sifatida va GAT dasturiy texnologiyalar sifatida axborotni turli manbalar orqali joylashtirish uchun kuchli vositalardir. Bu bizning muhit va tabiiy resurslarimiz, iqtisodiyotimiz va oxir-oqibat jamiyatimizni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo‘lgan narsadir.

Taqrizdan o‘tgan va konferensiyaga qabul qilingan eng yaxshi ilmiy maqolalar Scopus xalqaro bibliografik va abstrakt ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan jurnalda chop etilgani ahamiyatlidir.

Sessiyaning ochilish qismida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va boshqalar o‘z istaklarini bildirdilar.

So‘ngra asosiy ma’ruzachilardan Josef Shtrobl (Zalsburg universiteti, Avstriya), Markush Bela (Obuda universiteti, Vengriya), Malgorzata Verone Vojtashek (Obuda universiteti, Vengriya), Jitka Kumxalova (Praga shahridagi Chexiya hayot fanlari universiteti), Eldar Kurbanov (Volga davlat texnologiya universiteti, Rossiya), Shuhrat Shokirov (Avstraliya Milliy universiteti, Avstraliya)lar chiqish qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring