Yangi o‘quv yilida 700 mingdan ziyod bola birinchi marta maktabga boradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-2026-o‘quv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yil 11 avgustga qadar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 666 782 nafar bola (90 foiz) qabul qilingan.
1-sinfga eng ko‘p qabul Samarqand (83 211), Farg‘ona (72 514) va Qashqadaryo (69 977) viloyatlarida kuzatilgan.
Xabarga ko‘ra, mikrohududdan tashqaridagi maktablarga qabul jarayonlari 15-avgustga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter