Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

110 dollarlik yangi smartfon: 48 Mp kamera, 4500 mAs akkumulyator, namlikdan himoya

110 dollarlik yangi smartfon: 48 Mp kamera, 4500 mAs akkumulyator, namlikdan himoya

Foto: «iXBT.com»

Bugun, 25-may kuni Xitoyda arzon «Coolpad Cool 20» smartfoni taqdimoti o‘tkazildi. Narxi 100 dollardan sal baland smartfonning texnik ta’minoti afzalliklari haqida «iXBT.com» yozmoqda.

«Coolpad Cool 20» bir kristalli MediaTek Helio G80 platformasiga qurilgan, ekrani — 6,52 dyuymli IPS, standart 60 Gs kadr chastotasiga ega. Akkumulyatori sig‘imi — 4500 mAs.

Asosiy kamerasi qo‘sh datchikli (bosh kamerasi — 48 Mp), yuzadagi kamerasi — 13 Mp.

Ikki rejimli Wi-Fi adapteri, LTE modemi bor, quloqchinlar uchun standart tirqish va USB-C portga ega.

Foto: «iXBT.com»

«Coolpad Cool 20» smartfoni qalinligi — 8,65 mm, og‘irligi — 200 gramm. Qurilmaning oyna qoplangan korpusi namlikdan himoya qiladi.

Foto: «iXBT.com»

«Coolpad Cool 20»ning asosiy talqini 4 Gb tezkor, 64 Gb flesh-xotiraga ega. Ushbu talqini uchun 110 dollar narx qo‘yilgan.

Qimmatlari ham bor:

  • 4 Gb tezkor xotirali va 128 Gb flesh-xotiralisi — 140 dollar;
  • 6 Gb tezkor xotirali va 128 GB flesh-xotiralisi — 170 dollar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring