Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amirliklarda harbiy 5G aloqa sinovdan o‘tkazildi

Amirliklarda harbiy 5G aloqa sinovdan o‘tkazildi

Foto: «Ferra»

«Saab» kompaniyasi Abu-Dabi (BAA)da harbiy maqsadlar va krizisli sharoitlar uchun zamonaviy va ishonchli 5G aloqa tizimi (DeployNet)ni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda «Army Recognition» xabar berdi.

DeployNet eng murakkab sharoitlar uchun mo‘ljallangan masshtablanuvchi simsiz 5G/LTE tarmoq bo‘lib, ko‘plab axborot manbalari, uzatgichlar va foydalanuvchining o‘zaro xatti-harakatlariga bog‘liq zamonaviy missiyalarni yuqori o‘tkazuvchanlikdagi aloqa bilan ta’minlaydi.

Ishonchli kiberxavfsizlik himoyasiga ega ushbu ixcham tizim geografik olis hududlarda va lokal tarmoqlar ishdan chiqqan obyektlarda qo‘llaniladi.

DeployNet real vaqt tartibida yuqori sifatli oqimli videoni uzata oladi. Tizim harbiy bazalarni qo‘riqlash, qutqaruv amaliyotlari va razvedka maqsadlari uchun mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring