Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Batareyasi eng yaxshi smartfon aniqlandi

Batareyasi eng yaxshi smartfon aniqlandi

Foto: Oppo

DxOMark kompaniyasi mutaxassislari Oppo Find X7 Ultrani avtonom ishlash davri eng yaxshi smartfon, deb topishdi.

Oppo Find X7 Ultra to‘liq quvvat olishga nisbatan kam vaqt sarflashi va bu quvvati uzoq vaqtga yetishi bilan mutaxassislar e’tiboriga tushgan. Videolar tomosha qilib, o‘yin o‘ynaganda, qo‘ng‘iroqlar paytida ham bu smartfonning akkumulyatori pand bermagan.

Biroq fotosuratlar olish jarayoni va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda smartfon o‘rtadan past avtonom natija ko‘rsatdi.

DxOMark ma’lumotiga ko‘ra, Oppo Find X7 Ultra akkumulyatori sig‘imi 5000 mAs bo‘lib, bir to‘liq quvvat bilan 2 kun va 19 soat ishlab beradi. Besh daqiqa quvvat olsa yana 10 soatgacha foydalanishga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring