Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Baxtliman» loyihasi: «Mobiuz»ning jizzaxlik abonenti orzusini qanday amalga oshirdi? (video)

«Baxtliman» loyihasi: «Mobiuz»ning jizzaxlik abonenti orzusini qanday amalga oshirdi? (video)

«Mobiuz» mobil aloqa operatori aholiga aloqa xizmatlarini ko‘rsatibgina qolmay, balki abonentlarining orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Jizzax viloyatida yashovchi Abdulla Sulaymonov 2018-yil oxirida tug‘ilgan yiliga moslashgan 1991 chiroyli raqamini tanlab, «Mobiuz» abonentiga aylandi. O‘shanda u bu raqam qanchalik ulkan omad keltirishini tasavvur ham qilmagan edi. 2019-yilda bir milliard so‘m sovrin jamg‘armasiga ega aksiyada Abdulla 50 million so‘m yutib olib, g‘oliblar ro‘yxatiga kirdi.

«Baxtliman» loyihasi doirasida u va yaqinlari baxtli tasodif ularning hayotini qanday o‘zgartirgani haqidagi xotiralari bilan bo‘lishadi. Abdulla Sulaymonov ezgu niyatini amalga oshira oldi – u yer uchastkasini sotib olib, uy qurdi.

Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin:

«Mobiuz»ning «Baxtliman» loyihasi mobil aloqa operatori abonentlariga berayotgan baxt, turli yillarda kompaniyaning yirik aksiyalari g‘olibiga aylangan oddiy insonlar haqida hikoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring