Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir «IT-Park»ni ko‘zdan kechirdi

Bosh vazir «IT-Park»ni ko‘zdan kechirdi

Foto: «it-park.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtimizdagi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki – «IT-Park»ga tashrif buyurdi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazirga «IT-Park»ning bugungi kundagi faoliyati, birinchi startap jamoalari va rezidentlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, rivojlanish istiqbollari va rejalari, «ICT WEEK UZBEKISTAN 2019» doirasida boshlangan, talabalar o‘rtasidagi «mGovAward» respublika tanlovining o‘tkazilishi jarayoni muhokama qilindi.

Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri —iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni IT-sohasidagi texnologik, muhandislik, iqtisodiy va boshqa vazifalarni hal qilish bo‘yicha eng yaxshi g‘oyalarni izlash va qo‘llab-quvvatlashga rag‘batlantirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, «IT-Park»da startap-jamoalarning kelgusi qabuli, jarayonlarning yanada yuqori shaffoflik bilan o‘tishini ta’minlash maqsadida final tanlovini barcha tarmoq foydalanuvchilari uchun ochiq ovoz berish tartibida amalga oshirish kerakligi aytildi.

«IT-Park»ning kelgusi infratuzilmasiga ham alohida e’tibor qaratildi – ko‘p sonli istiqbolli IT-kompaniyalarni joylashtirish uchun kompleksning qolgan barcha bloklarini qurishni tezlashtirish tavsiya qilindi.

Uchrashuvda yana bir qator muhim masalalar:  O‘zbekistondagi IT-sektorining va startap-ekotizimning kelgusida yanada rivojlantirish rejalarini muhokama qilish, IT-mutaxassislar uchun global bozorga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ko‘paytirish, yosh mutaxassislar uchun ko‘p sonli keng ko‘lamli va istiqbolli musobaqalarni tashkil etishga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring