Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPT kirish imtihonida to‘qqizta fandan eng yuqori ball oldi

ChatGPT kirish imtihonida to‘qqizta fandan eng yuqori ball oldi

Foto: Getty Images

OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT chat-boti Yaponiya universitetlariga kirish imtihonida to‘qqizta fandan eng yuqori ball to‘pladi. Sun’iy intellekt tizimlarini qiyosiy sinovdan o‘tkazgan LifePrompt kompaniyasi bu haqda o‘z hisobotida ma’lum qildi.

Tadqiqotda ChatGPT, Gemini va Claude Opus sun’iy intellekt modellari ishtirok etdi. Imtihon yakunlariga ko‘ra, ChatGPT 15 ta fandan 9 tasida eng yuqori ball to‘pladi, uning javoblarining o‘rtacha aniqligi 97 foizga yetdi. Eng yuqori ballar matematika, informatika, kimyo, fizika, biologiya, siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishlarida qayd etildi.

Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Claude Opus modeli uchta fan yo‘nalishida maksimal ball to‘pladi. Google Gemini ikkita mavzuda mukammal natijani ko‘rsatdi.

ChatGPTning eng past natijasi yapon tilida bo‘ldi — javoblarining 90 foizi to‘g‘ri. Tadqiqotchilar buni badiiy matnda qahramonlarning hissiy holatlari va ularning xatti-harakatlarini talqin qilishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘lashdi.

LifePrompt to‘rt yildan buyon shunday imtihonlar o‘tkazyapti. 2024-yilda ChatGPT savollarning o‘rtacha 66 foiziga to‘g‘ri javob bergandi. Keyingi yili ko‘rsatkich 91 foizga, bu yil 97 foizga yetdi — modelning ish sifati juda yaxshilanib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring