Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DTM test natijasini ko‘rishni yanada osonlashtirdi

DTM test natijasini ko‘rishni yanada osonlashtirdi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun mazkur saytdagi «Natijani ko‘rish» bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

  • test topshirilgan fanlar;
  • har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;
  • har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;
  • har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;
  • har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.

Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring