Eng kuchli smartfon chiqarildi (foto)
«Nubia» brendi global bozordagi eng kuchli smartfonni taqdim etdi: Red Magic 6 Pro. Shuningdek, smartfonning oddiy talqini ham chiqarilgan: Red Magic 6.
Har ikki smartfon Adreno 660 grafik tezlatgichli sakkiz yadroli Snapdragon 888 protsessorida ishlaydi. LPDDR5 operativ xotirasi minimum hajmi — 8 GB, maksimum hajmi birinchi marta 18 GB ga yetkazilgan.
Smartfonlarga yangilanish chastotasi 165 Gs ga teng 6,8 dyuymli FHD+ AMOLED ekranlar o‘rnatilgan. Akkumulyator quvvatini tejash uchun ekran yangilanish chastotasi 30 Gs gacha pasayishi mumkin. Qurilmalarga uch modulli 64, 8 va 2 MP kameralar hamda 8 MP selfi-kamera o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi: Red Magic 6 Pro — 4500 mAs, Red Magic 6 — 5050 mAs.
Narxlar
- Red Magic 6 — 8/128 GB — $590;
- Red Magic 6 — 12/128 GB — $635;
- Red Magic 6 — 12/256 GB — $680;
- Red Magic 6 Pro — 12/128 GB — $680;
- Red Magic 6 Pro — 12/256 GB — $740;
- Red Magic 6 Pro — 16/256 GB — $820;
- Red Magic 6 Pro Transparent Edition — 16 /256 GB — $865;
- Red Magic 6 Pro Transparent Edition — 18/512 GB — $1020.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter