Jek Ma «katta tanaffus»dan qaytdi

Xitoylik mashhur tadbirkor, Alibaba hammuassisi Jek Ma bir necha yillik tanaffusdan so‘ng faol ishga qaytdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Xususan, u kompaniyaning sun’iy intellektga «burilishi»ni qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, raqobatchilar bilan kurashish uchun subsidiyalarga 7 milliard dollar ajratish qarori qabul qilinishida muhim rol o‘ynagan.
Ekspertlarning fikricha, Maning qaytishi — «signal». Xitoy hukumati mahalliy texnologiya kompaniyalariga nisbatan siyosatni yumshatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter