Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasalliklarni 20 yil oldin aniqlovchi sun’iy intellekt yaratildi

Kasalliklarni 20 yil oldin aniqlovchi sun’iy intellekt yaratildi

Foto: El Imparcial

Yevropa olimlari insonning shaxsiy kasallik tarixiga asoslanib, xastaliklarning paydo bo‘lishini bashorat qila oladigan sun’iy intellekt — Delphi-2Mni yaratishdi. Bu haqda Nature jurnali xabar berdi.

Delphi-2M yordamida kelajakda taxmin qilingan salomatlik holatining sun’iy variantlarini tanlash mumkin bo‘ladi. Oddiyroq tushuntirganda, inson yaqin 20 yilda qanday kasalliklarga chalinishi ehtimolini ushbu sun’iy intellekt oldindan aniqlaydi.

Olimlar sun’iy intellekt modelini UK Biobank (Buyuk Britaniya) loyihasining 400 ming ishtirokchisi, shuningdek, 1,9 million nafar daniyalikning ma’lumotlari asosida mashq qildirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring