Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kechirasiz, abonent band, keyinroq qo‘ng‘iroq qiling» – O‘zbek tilidagi ilk dasturni yozgan ayol mutaxassis kimligini bilasizmi?

«Kechirasiz, abonent band, keyinroq qo‘ng‘iroq qiling» – O‘zbek tilidagi ilk dasturni yozgan ayol mutaxassis kimligini bilasizmi?

«Kechirasiz, abonent band, keyinroq qo‘ng‘iroq qiling!» Bugun telefon go‘shaklarimizdan yangrovchi ushbu ovozli yozuvni ilk bor o‘zbek tilida dasturlashtirgan ayol mutaxassis o‘sha paytda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bitiruvchisi edi. Ovozli yozuv ham ilk bor uning o‘z ovozi bilan disketaga muhrlangan.

Aslida, telefon go‘shagi orqali hammaga yaxshi tanish bu ovozli yozuvning shu bugungacha notanish dasturchisi – Nigora Shomirova oradan 34 yil o‘tib, barchasi haqida batafsil so‘zlab berdi.

U yaxshi o‘qituvchi maqomiga ega bo‘lguniga qadar yaxshi o‘quvchi bo‘lish uddasidan chiqdi. Otasi vasiyati, onasining orzusi ro‘yobi yo‘lida tinmay o‘qidi, oliy ma’lumotli bo‘ldi. Izlandi, o‘z ustida ishladi, mehnatda toblandi.

Katta hayot ostonasida ustozi – akademik Jo‘ra Abdullayevich Jo‘rayevni uchratishi uning tarjimai holida muhim voqea bo‘lib qoldi. Ustozining unga tilagan niyati bugun hosilini bermoqda.

Jo‘ra Abdullayevich ishga yo‘llanma olish taraddudida turgan bitiruvchi shogirdining mo‘ljalidagi ish joylariga yozib qo‘ygan arizalari bilan tanisharkan,«Nimaga, universitetda o‘qituvchi bo‘lib qolaman, mazmunidagi ariza yo‘q?!... Universitetga sohaga oid adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qila oladigan sendek mutaxassis, o‘qituvchi kerak!» deya gapni dangal muxtasar qildi. Shu zayl, Nigora Shomirovaning katta hayot yo‘li oldidan imtihoniga qo‘ng‘iroq bong urdi.

Nigora Shomirova

1967 yil Parkentda ko‘p farzandli dehqon oilasida tug‘ilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qigan.

O‘zbek tilida birinchi bo‘lib dastur yozgan ayol mutaxassis.

Hozirda Toshkent shahridagi 9-Informatika va axborot texnologiyalariga ixstisoslashtirilgan tayanch maktabi o‘qituvchisi.

Pedagogika sohasida 34 yillik tajribaga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring