Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitob tumanida yangi IT-markaz o‘z faoliyatini boshladi

Kitob tumanida yangi IT-markaz o‘z faoliyatini boshladi

Foto: «Mitc.uz»

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Besh muhim tashabbus»ning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.

Ochilish marosimida Kitob tumani hokimi A.Zakirov, AKT vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Aripov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori A.Turg‘unov hamda IT markaz xodimlari ishtirok etdilar.

Bino zamonaviy asbob-uskunalar va 21 ta kompyuter bilan jihozlangan. Mazkur IT-markazda bo‘lajak o‘rganuvchilar tahsil olishi uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Tuman markazida joylashgan mazkur muassasada yoshlar kompyuter savodxonligi, dasturlash, grafika va dizayn, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha ta’lim olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring