Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda tibbiyot xodimlarining AKT sohasida malakasi oshirilmoqda

Surxondaryoda tibbiyot xodimlarining AKT sohasida malakasi oshirilmoqda

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

«Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan.

Unga ko‘ra, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi kiritilgan.

Shuningdek, IT operator — hamshiralar hamda boshqa sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida ularni tuman IT-  markazlarida bepul o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish vazifalari qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu o‘quv kurslarining dastlabki bosiqichida 201 nafar IT operator – hamshiralar, oilaviy shifokorlar, tibbiy ro‘yxatchi xodimlar jami 1000 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari o‘qitilishi rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarini egallashlari kelgusida tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring