Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyaliklar IT-startaplar yaratishga ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga kelishdi

Koreyaliklar IT-startaplar yaratishga ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga kelishdi

Foto: «MUIC»

Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI), Koreya kichik biznes instituti (KOSBI) va Global tadbirkorlik fondi (GEF) mutaxassislaridan iborat delegatsiya Toshkentga keldi. Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda startaplar ekotizimini va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish.

Dasturdan Koreya Respublikasi elchixonasida, O‘zR Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida, MUIC innovatsiya markazida uchrashuvlar o‘rin olgan.

Shuningdek, koreyalik ekspertlar «O‘zbekistonda AKT-startaplar va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish siyosati» mavzuida amaliy seminar o‘tkazadilar. Ushbu seminar bugun,  24 iyul kuni Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. Unda AKT vazirligi, «Mirzo Ulugbek Innovation Center», «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, «UZINFOCOM» yagona integratori, «UNICON.UZ» markazi, Inha va TATU universitetlari vakillari ishtirok etishadi.

Seminarda taklif etilgan mutaxassislar Koreya Respublikasining startaplar ekotizimi rivojlanishidagi tajribasi va ushbu jarayonni O‘zbekistonda imkoni boricha samarali tashkil etish borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Qayd etish joizki, bu KISDI ekspertlarining mamlakatimizga birinchi tashrifi emas. Joriy yil boshida delegatsiya ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurib, IT sohasidagi davlat siyosati, yaratilgan shart-sharoitlar va infratuzilma bilan tanishgandilar. Shundan keyin AKT vazirligi va MUIC xodimlari Koreya Respublikasida javob tashrifi bilan bo‘ldilar. Ular Seuldagi KISDI kompaniyasi ofisiga tashrif buyurdilar, shuningdek eng muvaffaqiyatli startap-kompaniyalarga bordilar. Bu galgi tashrif davomida o‘tadigan uchrashuvlardan biri o‘sha safar taassurotlarini muhokama qilishga bag‘ishlanadi. Tomonlar IT-soha holatidagi sifat o‘zgarishlari, startaplar ekotizimlarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan almashadilar, shuningdek bu yo‘nalishda ishlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kirishadilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring