Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘rinmas QR-kodlar ishlab chiqildi: ulardan siz ham foydalanishingiz mumkin bo‘ladi

Ko‘rinmas QR-kodlar ishlab chiqildi: ulardan siz ham foydalanishingiz mumkin bo‘ladi

Foto: MIT

Massachusets texnologiya instituti (MIT) oddiy ko‘z uchun ko‘rinmas QR-kodlar ishlab chiqdi, ularni narsa va buyumlarda ishlatish mumkin. Bu haqda MIT blogida ma’lum qilindi.

QR-kodlar infraqizil nur uchun shaffof, ko‘rinuvchi nur uchun shaffofmas maxsus ashyo — plastikdan 3D-printer vositasida tayyorlanadi.

Ko‘rinmas QR-kodlar qog‘oz shakldagisiga nisbatan ancha ko‘p muddat xizmat qiladi, ko‘zga tashlanib, dilni xira qilmaydi.

Ushbu kodni smartfon yordamida, biroq infraqizil kamera yordamida o‘qish mumkin.

«Istalgan narsa, buyumga smartfon kamerasini tutib kerakli ma’lumotni olish mumkin bo‘lgan kunlar kelishini tasavvur qilyapman. Siz hatto shtrix-kodni qidirib ovora ham bo‘lmaysiz», — dedi g‘oya muallifi.

Ko‘rinmas QR-kodlardan juda ko‘p sohalarda, xususan, supermarketlardan tortib aqlli uylargacha, foydalanish mumkin bo‘ladi, deyishmoqda ishlanma mualliflari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring