Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mening fikrim» portalida yana bir petitsiya o‘n ming ovoz to‘pladi

«Mening fikrim» portalida yana bir petitsiya o‘n ming ovoz to‘pladi

Foto: «Xabar.uz»

Portalda e’lon qilingan «Shahar va qishloqlar hududida daraxtlarni himoya qilish tizimini isloh qilish» onlayn-petitsiyasi 2-iyun kuni kerakli 10 ming ovozni to‘pladi. Endi ushbu jamoaviy murojaat ham O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Petitsiyada shahar va qishloqlar hududida zudlik bilan har qanday daraxtni kesishga ikki oylik moratoriy e’lon qilish taklif qilingan. Ushbu muddatda parlamentariylarga respublika darajasidagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, hokimiyatlardan daraxtlarni kesish huquqini olib qo‘yish, ekologik politsiyani tashkil etish va daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdorini 50.000.000 so‘mgacha oshirish kabi takliflar bildirilgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra, Oliy Majlis jamoaviy murojaatni 60 kun davomida ko‘rib chiqadi.

Shu tarzda, mazkur petiya «Mening fikrim» portalida keragicha ovoz to‘plagan uchinchi jamoaviy murojaat bo‘ldi. Bungacha transport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsat berish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni oliy darajadagi mukofot — «O‘zbekiston qahramoni» unvoni bilan taqdirlash haqidagi petitsiyalar o‘n mingtadan ovoz to‘plagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring