NASA eng xavfli magnit bo‘ronlaridan birini vizuallashtirdi (video)

Yerga 1859-yil sentyabri boshlarida kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli (Quyosh) magnit bo‘roni yopirilgan.
Hodisa Kerrington voqeasi nomi bilan tarixga kirgan.
O‘shanda qutb yog‘dusi hatto ekvatorda ham ko‘ringan, magnit bo‘roni mavjud barcha elektr tizimlarini ishdan chiqargan.
Shundan buyon bunaqa ko‘lamdagi hodisa yuz bergan emas. Ammo 2012-yilda uning takrorlanishiga juda xavfli yaqinlashganmiz. NASA 2012-yilgi Quyosh bo‘ronini vizuallashtirdi, u qanday kechganini quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter