Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«NTV-Plyus» bosh direktori: «Buvim sof o‘zbek tilida gaplashardi»

«NTV-Plyus» bosh direktori: «Buvim sof o‘zbek tilida gaplashardi»

Foto: «Uza.uz»

Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya media-forumi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi davlat va nodavlat OAVlari rahbarlari, taniqli ijodiy xodimlar, jurnalistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oliy talim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talabalar qatnashmoqda.

«O‘zA» nashri xabar berishicha, media-forumida Rossiyaning eng yirik telekompaniyasi – «NTV-Plyus» bosh direktori Mixail Dyomin ham ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda «NTV-Plyus» — sun’iy yo‘ldosh raqamli televideniye (HDTV)ning 270 ta kanalini o‘zida jamlagan, Rossiya bozorida muvaffaqiyat qozongan yetakchi kompaniyalardan.

«O‘zbekiston-Rossiya media-forumi ilk bora o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakatning media sohasi bo‘yicha faol hamkorlik qilishida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Biz o‘zaro muloqotda kompaniyamizning telekommunikatsiya sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdik», — dedi nashrga bergan intervyusida Mixail Dyomin.

Toshkent taassurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz, degan savolga:

— Bilasizmi, men Toshkentda tug‘ilganman, u mening ona shahrim, bolaligim yodgorligi. Doim «Farhod» bozoridan bozor-o‘char qilardik. Buvimni aytmaysizmi, sof o‘zbek tilida gaplashardi. Bularning bari kechagidek yodimda, — deb javob qaytargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring