Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlaynda milliard yil, 6,6 Mb/s. tezlikdagi O‘zbekiston, eng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar (infografika)

Onlaynda milliard yil, 6,6 Mb/s. tezlikdagi O‘zbekiston, eng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar (infografika)

Foto: «Xabar.uz»

«We Are Social» xalqaro agentligi hamda «Hootsuite» servisi jahon bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar sonini hisoblab chiqishdi. «Expert.ru» yozishicha, 2018-yilda jahon internet hamjamiyati nufusi 4 milliardgacha oshdi — endi sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi internetdan foydalanmoqda.

Mintaqalar o‘zaro solishtirilganda foydalanuvchilar sonining eng katta o‘sishi nisbatan kam «shaharlashgan» va «internetlashgan» Afrikada kuzatildi.

Agarda sizning internetingiz bo‘lsa, demak, jahondagi 3 mlrd. kishi qatori ijtimoiy tarmoqlardan ham   foydalanyapsiz. Bu yerdagilarning ko‘pi yangilar — 250 million nafar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi 2017-yilda safga qo‘shildi. Har 10 foydalanuvchining 9 nafari ijtimoiy tarmoqqa mobil telefonda kirmoqda. Biz kuniga o‘rtacha 6 soatni internetda o‘tkazyapmiz.

Agar hamma foydalanuvchilarning internetda o‘tkazgan vaqti qo‘shilsa aql bovar qilmas ko‘rsatkich kelib chiqadi — onlaynda milliard yil.

Onlayn tartibida

Jahondagi eng ommalashgan yetti ijtimoiy tarmoq (mln. kishi)


Tez va sekin

Turli mamlakatlardagi mobil internet tezligi (Mb/soniya)


Sevimli messenjerlar

Turli mamlakatlarda xabar almashish uchun eng ommalashgan platformalar


Internetdan «qochish»

Internetga kiruvchi aholisi ulushi eng kam mamlakatlar (%)

 




Internetga kirish

Internetga qaysi qurilmalarda kiramiz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring