O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistonda zamonaviy, xalqaro darajadagi hamda innovatsion ijtimoiy tarmoq yaratish maqsadida «Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha startap loyihalar» mavzusidagi respublika miqyosida «startap» loyihalar tanlovini e’lon qildi.
Loyihalarni qabul qilishda ishtirokchilardan «startap» loyiha tashabbuskorlari arizalari 2022-yil 31-iyuldan 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, tanlovda mavzuga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli startap-loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular mualliflik innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslanishi shart.
Shuningdek, arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar messenjer.startap@gmail.com elektron pochtasiga quyidagilarni yuborish orqali qabul qilinadi.
Startap loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalari va tanlov bosqichlari bo‘yicha tanlovning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)
Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havolada tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter