Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda VEON AdTech bosh qarorgohi ochildi

O‘zbekistonda VEON AdTech bosh qarorgohi ochildi

Global raqamli operator raqamli reklama texnologiyalarini rivojlantiradigan maxsuslashtirilgan kompaniyani ta’sis etdi. VEON AdTech bosh qarorgohi Toshkentda joylashdi. Yangi kompaniya ishlanmalari VEON mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlarda qo‘llaniladi.

AdTech sohasi sun’iy intellekt va Big Data’dan foydalanish orqali reklama kampaniyalarining samaradorligini oshiradigan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Reklama beruvchilar bozor ehtiyojlarini o‘rganish, do‘konlarda xaridorlarning faolligini tadqiq qilish yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish orqali mijozlarga yuqori aniqlik bilan xabarlarni jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Natijada savdo sur’atini oshirish, reklama budjetlarini optimizatsiya qilish, savdo nuqtasini ochishda, noto‘g‘ri joy tanlash sababli mablag‘ yo‘qotishning oldini olish mumkin bo‘ladi. Raqamli marketing xizmatlari kichikdan globalgacha, har qanday o‘lchamdagi biznesga qaratilgan, jumladan davlat sektori ham ushbu xizmatlardan foydalanishi mumkin. Shu tarzda VEON AdTech ishlanmalari Guruh kompaniyalari mavjud bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, mazkur bozorlarda 2023-yilda digital-reklamaga qilinadigan xarajatlar $1.3 milliardga baholanmoqda.

Kaan Terzioglu, VEON Group bosh direktori:
«Reklama bozorining rivojlanish uchun salohiyati juda katta. Guruh kompaniyalarining har biri allaqachon mijozlarga yo‘naltirilgan aktivlar va texnologiyalarning kuchli portfeliga ega. AdTech sohasida keskin o‘sib borayotgan imkoniyatlar sharofati bilan bizning digital-operatorlarimiz mahalliy iqtisodiyot o‘sishini kuchaytirib, biznes va so‘nggi foydalanuvchini birlashtiradi».

Djordj Xeld, VEON reklama biznesini rivojlantirish direktori:
«Maxsus biznes bo‘linmasining shakllanishi guruhning reklama texnologiyalari joriy etilishi va yangi xizmatlar yaratilishini tezlashtiradi. 2022-yilda Guruhga kiruvchi operatorlarimiz ilg‘or texnologiyalarga tayangan holda dunyo va guruh mamlakatlarining yetakchi brendlari uchun raqamli reklama imkoniyatlari va xizmatlarini namoyish etishdi».

VEON Group uchun noyob dasturiy ta’minot ishlab chiqarilayotgan maskan sifatida O‘zbekiston tanlangani bejizdan emas. Respublika «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish orqali raqamli iqtisodiyoti rivojlangan davlatga aylanmoqda. Markaziy Osiyoda IT-hub statusi digital-marketing xizmatlarini barpo etish va joriy etishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan yuqori texnologik kompaniyaning bosh qarorgohini ochish uchun imkon yaratdi.

Andjey Malinovski, Beeline Uzbekistan bosh direktori:
«So‘nggi ikki yil mobaynida biz raqamli xizmatlar sonini oshirish, universitetlar bilan hamkorlik boshlash, yosh IT-mutaxassislar uchun xakatonlar o‘tkazish orqali O‘zbekistondagi digital-trasformatsiyani qo‘llab-quvvatlayapmiz. VEON AdTech paydo bo‘lishi — ushbu an’ananing ajoyib davomi. Mamlakatda shunday miqyosdagi kompaniya paydo bo‘lishi texnologiyalar rivoji davom etishi hamda digital sohada mutaxassislar malakasi o‘sishiga yordam beradi».

Digital-marketingning jihatlari va imkoniyatlari VEON Mobile ID texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, u yuqori darajali maxfiylikni ta’minlaydi. Iste’molchilarning huquqlarini himoyalagan holda, reklama kampaniyalarining barcha ma’lumotlari kompaniya ish yuritadigan mamlakatning o‘zida tahlil qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring