Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «President Tech Award» g‘oliblari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev «President Tech Award» g‘oliblari taqdimoti bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan muloqot doirasida «Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap» – «President Tech Award» loyihasi g‘oliblarining taqdimoti bilan tanishdi.

Mazkur tanlov Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida 2023-yildan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. Uning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etadi.

Tanlovda sun’iy intellekt, ijtimoiy texnologiyalar, MicroSaaS va AdTech, moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik, o‘yin dasturlari hamda maxsus yo‘nalish – xakaton bo‘yicha eng namunali loyihalar tanlab olinadi.

Ilk tashkil etilgan tanlovda to‘rt mingdan ziyod ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib, ishtirokchilarning soni olti mingga yaqinlashdi. Jamoalarning soni esa 444 tadan 862 taga yetdi.

Davlatimiz rahbariga tanlov g‘oliblari o‘zlarining startap loyihalari, ularning afzalliklari va amaliy samarasi xususida so‘zlab berdi.

– Biz kichik startaplar katta-katta loyihalarga, daromadli biznesga aylanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Buning uchun har bir startapchi bilan muloqot qilish, unga kerakli yordamni ko‘rsatish lozim, – dedi Prezident.

Yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali kelajak kasblariga zamin yaratilayotgani, dunyo davlatlari ham yoshlarning startap loyihalariga alohida qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga mablag‘lar yanada ko‘paytirilishini aytib, yoshlar o‘zlarining yangicha qarashlari va g‘oyalari bilan yana qaysi soha va yo‘nalishlarda izlanishi kerakligi yuzasidan tavsiyalarini berdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring