Rasman! «Huawei» hayratomuz smartfonini taqdim qildi

Huawei P20 Pro.
Ko‘zimiz o‘rgangan va orqasida 2 ta kamera sensori mavjud smartfonlar o‘tmishda qoldi. Xitoyning yetakchi IT-kompaniyasi bosh kamerasida 3 ta sensor mavjud jahondagi ilk smartfonni taqdim qildi, deb xabar berdi «Terabayt» nashri.
Ulardan biri 40 megapiksel aniqligidagi surat oladi va 5 karralik gibrid yaqinlashtirish texnologiyasini taklif qiladi. Hali bunday jihatga ega biror muqobil smartfon mavjud emas.
Shu bilan birga, «Huawei P20 Pro»ning narxi ham chakki emas — 900 yevro, ya’ni 1100 AQSh dollari! Agar nisbatan arzonrog‘i kerak bo‘lsa, ikki kamerali «Huawei P20» flagmani ham bor. Quyida yangi devayslar bilan batafsil tanishamiz.
«Huawei P20 Pro»ning jihatlari:
- Displey: 6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli;
- Chip: 8 yadroli, «sun’iy aql»ga ega Kirin 970;
- Xotira: 6 GB tezkor va 128 GB doimiy;
- Kamera: 16 Mp + 20 Mp + 40 Mp, f/1.6 + f/1.8 + f/2.4, 5 karralik yaqinlashtirish, old kamera 24 Mp, old kamerada ham portret rejimi bor;
- Akkumulyator: 4000 mA soat;
- Operatsion tizim: Android 8.1 Nougat’ning o‘zlashtirilgan EMUI 8.1 proshivkasi;
Kamera
- Bosh kamerasi 3 ta moduldan iborat bo‘lgan jahonning ilk kamerasi.
- 16 Mp sig‘imli sensor standart rejimlarda suratga oladi;
- 20 Mp sig‘imli modul esa oq-qora suratlarni yuqori aniqlikda oladi;
- 40 Mp sig‘imli kamera esa rangli va kattalashgan fokusdagi suratlar olishga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter