Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda aholi murojaatlari o‘rganildi

Samarqandda aholi murojaatlari o‘rganildi

Foto: AKT vazirligi

Joriy yilning 10-13-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarligida vazirlik va idoralar rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida ommaviy qabullar tashkil etildi.

Qabullar 4 kun davom etib, Samarqand shahar hamda Samarqand, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlari aholisi uchun Samarqand tumanida, Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlari aholisi uchun Kattaqo‘rg‘on shahrida, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq va Qo‘shrabot tumanlari aholisi uchun Payariq tumanida, Toyloq, Urgut, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari aholisi uchun Toyloq tumanida tashkil etildi.

Mazkur qabullarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J.Maxsudov boshchiligidagi viloyatda sohada faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilindi. Qabullarda sohaga jami 42 ta murojaat kelib tushdi. Shularning 11 tasi joyida hal etildi, qolgan 31 ta murojaat nazoratga olindi.

Qabullar davomida viloyatning turli shahar va tumanlarida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan:

  • qator tumanlarida ijtimoiy soha obektlari yuqori tezlikdagi telekommunikasiya tarmog‘iga ulandi;
  • 9 ta yangi mobil aloqa baza stansiyalar ishga tushirildi va 18 ta mavjud baza stansiyalar modernizatsiya qilindi;
  • Samarqand viloyati Urgut tumanining uzoq va borish qiyin bo‘lgan Qizilto‘riq aholi punktida 2G/3G/4G baza stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirildi va shu joyning o‘zida qishloq aholisi uchun sim kartalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring