Tayvanda OnePlus bosh direktorini hibsga olish uchun order berildi
Tayvan prokuraturasi 13-yanvar kuni OnePlus hammuassisi va bosh direktori Pit Lauga ayblov e’lon qilib, uni hibsga olish uchun order berdi.
Tadbirkor mahalliy, ya’ni tayvanlik muhandislarni noqonuniy yollashda ayblanmoqda. Xitoy kompaniyalari mahalliy aholini yollash uchun Tayvan hukumatidan ruxsat olishi kerak, ammo OnePlus buni qilmagan.
Tayvan rasmiylari mamlakatdan aqlli odamlarning chiqib ketishiga qarshi shu yo‘l bilan kurashmoqchi.
OnePlus — jahon bozori uchun smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xitoy kompaniyasi (Opponing bo‘linmasi hisoblanadi). 2013-yil dekabrida asos solingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter