Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Teleradiouzatuvchilarga maxsus yo‘ltanlamaslar topshirildi (foto)

Teleradiouzatuvchilarga maxsus yo‘ltanlamaslar topshirildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent teleminorasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK tomonidan hududiy bo‘linmalarga maxsus avtomashinalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov va «RRTM» DUK mutasaddi rahbarlari, hududiy markazlar vakillari ishtirok etdi.

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK Markaziy Osiyoda teleradioeshittirish tizimining eng katta tarmog‘iga ega – uning tarkibida 126 ta antenna-matcha inshootlari bor. Shundan 28 tasi 100 metrdan baland. Toshkent teleminorasining balandligi 375 metr bo‘lsa, Uchqizil 350 metr, Guliston, Navoiy, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir minoralari 250 metr balandlikka ega. Markazning asosiy faoliyat turi teleradiodasturlarni iste’molchilarga yetkazish hisoblanadi. Bu jarayonda respublikamiz mintaqalarida joylashgan radioteleuzatish markazlarining o‘rni alohida. Teleminoralar cho‘l, tog‘li hududlarda, turli balandlikda joylashgan. Bu yerda xizmat qiladiganlar tabiat injiqliklari bilan olishib ishlashga, 10-15 kunlab oiladan uzoqda mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Albatta, «RRTM» DUK ularga qulay mehnat va dam olish sharoitlari yaratib bermoqda.

Marosimda bu haqda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ham to‘xtalib, mana bugun mehnatlaringizni yanada osonlashtirish maqsadida sizlarga tog‘li va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga mo‘ljallangan yo‘ltanlamas maxsus avtotransport vositalari topshirilmoqda, bu texnika mushkullariningizni yengillashtirishiga, xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi, dedi.

Shundan so‘ng radioteleuzatish markazlari rahbarlariga maxsus avtomashinalar kalitlari topshirildi. Yig‘ilganlar Toshkent teleminorasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Alohida e’tirof etish joiz, teleminoraning 110 metr balandlikda joylashgan «Koinot» restoranida juda katta bunyodkorlik ishlari olib borilgan.  Bu yerga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, ta’bi eng nozik mehmonlar uchun ham o‘ziga xos shinamlik muhiti yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring