TikTok AQShda yana ishlay boshladi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i AQShda yana ishlay boshladi, deb xabar berdi TASS.
Agentlik xabariga ko‘ra, ilovaga kirilganda foydalanuvchilarga uning ishlayotgani haqida quyidagi xabar keladi:
«Qayta xush kelibsiz. Sabringiz va qo‘llaganingiz uchun rahmat. (Saylangan) prezident Trampning sa’y-harakatlari bilan TikTok AQShga qaytdi», — deyiladi xabarda.
Jurnalistlar servis odatiy tartibda ishlayotganini yozishmoqda. Ammo mobil ilovani ko‘chirib olish imkoniyati App Storeda hozircha yopiq.
Amerika hukumatining taqiqlovidan so‘ng, 19-yanvarda TikTok AQShda bloklangan edi. Servis Apple ilovalar do‘koni (App Store)dan olib tashlandi, ilovaga kirishga uringanlar quyidagi e’longa duch kelishdi: «AQShda TikTokni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Afsuski, bu sizning hozircha TikTokdan foydala olmasligingizni bildiradi».
O‘sha kuniyoq Tramp o‘z inauguratsiyasi kuni TikTok uchun belgilangan taqiq muddatini kechiktirishga va’da berdi. U 20-yanvar kuni tegishli farmonni imzolamoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter