Ucell Andijonda: hududni o‘zgartirayotgan texnologiyalar va insonlar

Ucellning Andijondagi hududiy bo‘limi zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy loyihalar aholining hayotini yanada qulaylashtirishini namoyish etgan holda media-tur o‘tkazdi.
Birinchi manzil «Ucell-Andijon» markaziy ofisi bo‘ldi. Bu ofis bugungi kunda mintaqaning telekommunikatsiya markaziga aylangan. Bir yil ichida 19 ta yangi ofis ochildi va 43 ta tayanch stansiyasi qurildi. 245 ta 5G stansiyasining ishga tushirilishi esa Andijonni mobil internet sifati bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga aylantirdi.
Ishtirokchilar balandligi 50 metr bo‘lgan AN1612 asosiy tayanch stansiyasi bilan tanishdi va u minglab abonentlar uchun barqaror aloqani qanday ta’minlayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.
Ekologiyaga alohida e’tibor qaratildi: yozda «Bobur» shahrida mahalliy aholi bilan hamkorlikda 1000 ta daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.
Turning yakuniy qismi Xo‘jaobodda joylashgan sotuv ofisiga tashrif bo‘ldi. Bu yerda maslahatchilar jamoasi har kuni Ucell kuchi nafaqat texnologiyalarda, balki insonlarda ham ekanligini isbotlaydi.
Media-tur kompaniya mintaqa uchun yangi imkoniyatlar yaratayotganini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter