Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

VM qarori: Andijonda kompyuter va internetdan samarali foydalanish choralari belgilandi

VM qarori: Andijonda kompyuter va internetdan samarali foydalanish choralari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (2019-yil 20-noyabr, 921-son) qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari, kompyuter o‘yinlari va kompyuter sportiga (kibersportga) jalb etish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, xalqaro miqyosda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali dasturchi va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash va yuqori tezlikdagi internetga ulanish, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirishga qaratilgan.

Ushbu qarorning eng asosiy jihatlaridan biri Andijon viloyati tuman (shahar)larida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tarkibiy bo‘linmasi shaklida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil qilish va umumta’lim maktablarida kompyuter texnologiyalari, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etiladi.

To‘garaklarning asosiy vazifalari etib yoshlarga kompyuter dasturlash asoslari, kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalari asoslarini o‘rgatish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy ko‘nikmalar berish belgilandi.

Qaror asosida chora-tadbirlar dasturi va to‘garaklarni tashkil etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi ham tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring