Qashqadaryoliklarni haqorat qilgan restoran xodimi jarimaga tortildi
Toshkentdagi «Magic City» hududida joylashgan «Chaman» nomli restoran xodimi qashqadaryoliklarni «restoranda o‘tirishga xos odamlar emas» deyishi ortidan jarimaga tortildi.
Avvalroq «Chaman armenian food» restorani ish yurituvchisi va mijoz o‘rtasidagi yozishma ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar aralashdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMB o‘tkazgan tekshiruvda restoran xodimi mahalliychilikka yo‘l qo‘ygani tasdiqlangan. Restoran boshqaruvchisi IIBga chaqirilib, undan izoh olingan. U o‘z tushuntirishida xatoga yo‘l qo‘yilganini tan olgan.
Holat yuzasidan MJtKning 41-moddasiga (Haqorat qilish) binoan restoran ish yurituvchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter