Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 dollarlik kupyuralar endi Tramp imzosi bilan chop etiladi

100 dollarlik kupyuralar endi Tramp imzosi bilan chop etiladi

AQSh Moliya vazirligi mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan prezident Donald Trampning imzosini dollar kupyuralariga qo‘yishga qaror qildi. Bu amaldagi davlat rahbari tomonidan yo‘l qo‘yilgan ilk holat.

Tramp imzosi tushirilgan birinchi 100 dollarlik kupyuralar joriy yilning iyun oyida chop etila boshlaydi, keyin esa o‘zgarishlar boshqa kupyuralarga ham qo‘llaniladi.

Amaldagi «100talik»lar 165 yildan buyon AQSh g‘aznachisining imzosi bilan bosib kelingan va endi oradan shuncha muddat o‘tib, bu tartib o‘zgaradigan bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, kupyuralar dizayniga o‘zgarish kiritilmaydi.

20-mart kuni Reuters agentligi, shuningdek AQShning San’at bo‘yicha federal komissiyasi mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Trampning surati tushirilgan esdalik oltin tangasini chiqarishni ma’qullaganini xabar qildi. 24 karatli oltin tanga kolleksion buyumi bo‘ladi va muomalaga chiqarish uchun mo‘ljallanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring