Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

103 yoshli ayol o‘z dafn marosimida "tirildi"

103 yoshli ayol o‘z dafn marosimida

Hindistonda 103 yoshli ayol dafni marosimi paytida kutilmaganda tirilib ketdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Voqea Hindistonning Maxarashtra shtatida sodir bo‘lgan. Gangabay Saxare ismli 103 yoshli ayol harakatlanmay, nafas olmay qolgani sababli qarindoshlari uni vafot etgan, deb o‘ylashgan.

An’anaga muvofiq, marhuma keyingi kuni oq sare kiydirilib, burniga paxta qo‘yilgan va qo‘l-oyoqlari bog‘langan. Shundan so‘ng uning jiyani ayolning oyoq barmoqlari qimirlayotganini payqab qolgan.

Paxta olib tashlanganidan keyin u chuqur nafas olgan va shu tariqa tirik ekani aniqlangan. Shu zahotiyoq motam tugab, shodiyonaga aylangan — chunki oila a’zolari shu kuni Saxarening tug‘ilgan kuni ekanini eslab qolishgan.

Hozirda mahalliy aholi Gangabay Saxareni «tirik mo‘’jiza» deb atashmoqda. Qo‘shni qishloqlardan «tirilgan» ayolni ko‘rish uchun uning uyiga kelishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring