Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

350 ming nafar davlat xizmatchisining maoshi oshiriladi — Germaniya

350 ming nafar davlat xizmatchisining maoshi oshiriladi — Germaniya

Aleksandr Dobrindt.

Foto: Bild

Germaniya federal hukumati davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirmoqchi, deb xabar berdi Bild.

Davlat xizmatchilarining kasaba uyushmasi tadbirida qatnashgan Germaniya IIV rahbari Aleksandr Dobrindt konsepsiya «qisqa vaqt ichida» taqdim etilishini aytdi. Davlat xizmatchilari uchun amaldagi to‘lov tizimi sud tomonidan Konstitutsiyaga zid deb topilgan, shu bois zudlik bilan islohot o‘tkazishni talab qiladi, dedi u.

Gap 350 mingga yaqin federal amaldorlar, sudyalar va harbiylar haqida ketmoqda. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilda ularning ish haqi uchun to‘lovlar taxminan 23 milliard yevroni tashkil etadi, ammo islohotdan keyin qancha qo‘shimcha mablag‘ sarflanishi haqida rasmiylar ma’lumot bermagan.

Muammo nimada? Germaniyada davlat xizmatchisining eng kam ish haqi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqining 80 foizidan kam bo‘lmasligi kerak Germaniya federal konstitutsiyaviy sudi qarori talabi shu. Ammo davlat xizmatchilarining amaldagi maoshlari bu chegaradan pastda.

Tanganing ikkinchi tomoni ham bor: ish haqlari nafaqat kam haq to‘lanadigan toifalarga taalluqli. «Masofa tamoyili» tufayli pastdagi o‘sish avtomatik ravishda butun shkalani yuqoriga tortadi: ya’ni maoshi shundoq ham yaxshi mansabdorlarning daromadi yanada oshadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring